AsosiyJamiyat

Bugun ba’zi hududlarda qor yog‘adi

Respublikada harorat biroz pasayadi.

'Bugun ba’zi hududlarda qor yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet 24 fevral kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 
TOSHKЕNT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 15-17° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RЕSPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. 

Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, Ustyurtda kechasi 10-15°sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin), ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 

kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKЕNT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.  Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi. 

RЕSPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 

Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar