1

Bo`lajak turmush o`rtog`ingiz necha yoshda bo`lishi kerak?

SUG'DIYONA 12.12.2016, 11:08
Teglar: Ayol, Oila, Baxt, SUGDIYONA, Qiz
Bo`lajak turmush o`rtog`ingiz necha yoshda bo`lishi kerak?

«Muhabbat yosh tanlamaydi», deyishadi. Ammo butun umr birga yashashga ahdu paymon qiladigan kishingizning hayotiy tajribasi, dunyoqarash istaysizmi-yo`qmi, yoshiga ham bog`liq. Shuning uchun o`zingizga mos yigitni tanlay turib, bu muhim omilni e`tibordan chetda qoldirmang. Bu borada esa mazkur test sizga asqotsa, ajab emas.

 

1. Ko`ngil qo`yganingiz bilan munosabatlaringiz borasida asosiy maslahatchingiz kim?

A. Onam.

B. Dugonam.

V. Bu masalada faqat o`zimga ishonaman.

2. Sizningcha romantik munosabatlar qancha davom etadi?

A. 4 yil.

B. 1 yil.

V. Agar ikki taraf birdek istasa, butun umr davom etishi mumkin.

3. Ushbu voqealardan qay biri eng romantik va ta`sirchan?

A. Farzandlaringizning dunyoga kelishi.

B. Birinchi uchrashuv.

V. «Oltin to`y»ni nishonlash.

4. Yigitlarning qaysi sifatiga ko`proq e`tibor qaratasiz?

A. Bir so`zliligiga.

B. Kirishimli va quvnoqligiga.

V. Men uchun hayotiy tajriba muhim.

5. Do`stlaringiz nazdida siz...

A. Ishonchli va sadoqatli do`st.

B. Erkin qush.

V. O`z ishini yaxshi biluvchi mutaxassis.

6. Bo`sh vaqtingizni qanday o`tkazasiz?  

A. Asosan ota-onam va dugonalarim davrasida.

B. Kino, teatr, turli kechalarga borib turaman.

V. Uyda yaxshi film tomosha qilaman yoki kitob o`qiyman.

7. Erkaklarga nisbatan sira yo`l qo`yilmaydigan munosabat, bu...

A. Tarsaki tushurish.

B. Aniq biror narsa deyish qiyin, bari vaziyatga bog`liq.

V. Nima bo`lganda ham nafsoniyatga teguvchi so`zlar bilan xaqoratlash noto`g`ri.

8. Qaysi filmdagi bosh qahramonga o`xshashni istaysiz?

A. «Ishdagi ishq».

B. «Ali bobo va qirq qaroqchi».

V. «Qalbim chechagi».

 

Natijalar

A javob ko`p bo`lsa: siz oila qurishga jiddiy yondashuvchi kishilardansiz. Javoblaringizdan ushbu muhim qadamni qo`yishga ham ruhan, ham ma`nan tayyor ekanligingizni bilib olish mushkul emas. Ammo biror jiddiy masalada qaror qabul qilishda atrofingizdagilar, ota-onangiz, dugonalaringizning fikrlarini ham inobatga olasiz. Shuning uchun siz o`zingizdan 5-8 yosh katta yigit bilan oila qursangiz, tinch-totuv yashashingiz ehtimoli yuqori.

 

B javobi ustunlik qilsa: jiddiy munosabatlar haqida o`ylashga biroz ertaroq. Axir oila qurish inson hayotidagi eng katta hodisalardan biri. Shuning uchun chuqur o`ylab, so`ngra qaror qabul qilishingizni maslahat beramiz. Aslida siz o`zingiz va undan nimalarni istashingizni aniqlab oling. Hozirda juftingizni izlash bosqichidasiz. Agar tanlagan insoningiz bilan tengdosh bo`lsangiz, oilada o`zaro raqobat muhiti shakllanishiga tayyor turing. 

 

V javob ko`p bo`lsa: siz uchun yoshning ahamiyati yo`q. O`zingizdan 2-3 yosh katta yigit bilan sevgi va sadoqatga asoslangan oila barpo etishingiz ehtimoli yuqori. Insonlarning tashqi ko`rinishidan ko`ra ichki olami, sadoqatliligini muhim deb hisoblaysiz. O`zingizga juft tanlashga jiddiy kirishganingiz bois, boshqalarga ham shunday talab qo`yasiz. Yoningizda suyangan tog`ingiz borligini his etish siz uchun katta baxt. 

KAMOLA tayyorladi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1