Bugun, 26 fevral kuni soat 02:18 da Toshkent shahar, Chilonzor tumani “Tirsakobod” MFY hududida joylashgan, qurilish olib borilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushdi, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar FVB.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:21 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:46 da qurshab olindi va soat 02:54 da o‘chirildi.
Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q