AsosiyHi-tech
4589

Quyosh batareyalarida harakatlanuvchi birinchi vertolyot ilk sinovdan o`tdi

Solar Gamera erdan 30 sm balandlikda 10 soniya mobaynida havoda muallaq turdi. Bu haqda “Techcult.ru” xabar bermoqda

Ammo shuning o`zi aviasiya tarixidagi yangi jahon rekordining o`rnatilishi uchun etarli bo`ldi. E`tiborlisi, quyosh batareyalari yordamida harakatlanuvchi mazkur apparat birinchi bor mustaqil tarzda ko`kka ko`tarildi. Ushbu natija nafaqat uchuvchi va muhandislar, balki atrof-muhit himoyachilarini ham birdek quvontirdi. Chunki sayyoramizda ekologik jihatdan xavfsiz transport turi yana bittaga ko`paydi.

Hozircha Solar Gamera murakkab parvozlarni bajara olmaydi. Loyihaning keyingi bosqichida muhandislar tadqiqot ishlariga alohida e`tibor qaratib, ushbu muammoni ham hal qilishni ko`zlashmoqda.

Boshqa yangiliklar