AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonning faqat ikkita hududida qor yog‘adi

Respublikada harorat 3-8° daraja atrofida bo‘ladi.

'Bugun O‘zbekistonning faqat ikkita hududida qor yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida va ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1° sovuq-4° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar