AsosiyDunyo

Alek Bolduin Trampni parodiya qilgani uchun kinotanqidchilar tomonidan mukofotlandi

Aktyor Alek Bolduin AQShning yangi prezidenti Donald Trampni parodiya qilgani uchun kinotanqidchilar tomonidan “Critics' Choice 2016” mukofotiga loyiq, deb  topildi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.   

Bolduin taqdimotning “Komediya serialiga taklif etilgan aktyori” nominasiyasida eng zo`r ishtirokchi, deb topildi. U AQShning yangi prezidentiga taqlid qildi . Ilgari Donald Tramp bu ko`rsatuvni “qizig`i yo`q ko`rsatuv” , deb tanqid qilgan edi, Boldiunning taqlidini ham u tan olmadi.

Taqdimotda  yilning eng yaxshi rejissyori deb tan olingan Demen Shazellning  “La-la lend” filmi eng yaxshi film, “Dengiz bo`yidagi Manchester” filmidagi eng zo`r erkak roli, deb Keysi Afflekning roli va eng yaxshi ssenariy, deb film ssenariysi, eng yaxshi aktrisa deb, Natali Portmanning “Jeki” filmidagi roli tan olindi. Walt Disney kompaniyasining “Zveropolis” animasion filmi ham eng yaxshi multfilm nominasiyasiyada g`oliblikni qo`lga kiritdi.

Har yili o`tkaziladigan AQSh va Kanada kinotanqidchilar assosiasiyasining 22 – chi BFCA Critics' Choice Award mukofotlash marosimi 11 dekabr kuni Kaliforniya shtatining Santa-Monika shahrida o`z ishini boshladi. Bu tashkilotda mazkur sohaning 300 dan ortiq vakillari mavjuddir.

Boshqa yangiliklar