1

“Aqlli” futbol koptogi va sakrog`ich gadjetlarni quvvatlantiradi

Hi-tech 12.12.2016, 12:42
“Aqlli” futbol koptogi va sakrog`ich gadjetlarni quvvatlantiradi

Energiya tejovchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchi Uncharted Play eng arzon energiya turidan foydalanishni taklif qildi. Inson hatti-harakati yordamida olinadigan quvvat orqali ishlaydigan ilk gadjetlar SOCCET va PULSE deb ataladi. Bu haqda “Techcult.ru” xabar bermoqda
 
Kashfiyot mualliflaridan biri Jessika Metyuz. Ixtirochi Nigeriyaga sayoxat uyushtirganida elektrenergiyasidan mosuvo bo`lgan millionlab bolalarni uchratadi va unda ushbu muammoga echim topish fikri tug`iladi. Oradan yillar o`tib u Garvard universiteti talabalari yordamida SOCCET va PULSE gadjetlarini yaratdi.

To`p va sakrog`ichning ichiga kinetik energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi mayatniklar o`rnatilgan. “Jarayon boshlanishi” uchun shunchaki ushbu qurilmalardan muntazam foydalanish talab etiladi. Keyin maxsus port orqali unga mobil qurilmalarni ulab bemalol quvvat oldirish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1