AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda Temu faoliyati qachondan boshlab cheklanishi ma’lum qilindi

Shuningdek, agentlik Temu platformasidan buyurtma bermaslikka chaqirgan.

'O‘zbekistonda Temu faoliyati qachondan boshlab cheklanishi ma’lum qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 20 mart kunidan boshlab O‘zbekiston qonunchiligi talablariga muvofiq Temu platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanadi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 885-son qarorining 2-bandi bilan elektron tijorat operatorlari, xususan elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.

Shu sababli xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy elektron savdo platformalari faoliyatini o‘rganish jarayonida ayrim elektron savdo platformalari O‘zbekiston Respublikasining elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmayotgani aniqlangan.

“Yuqoridagilardan kelib chiqib, qonunchilik talablariga muvofiq, 2025 yil 20 martdan boshlab xorijiy elektron savdo platformalaridan, xususan, Temu platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanadi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, agentlik Temu platformasidan buyurtma bermaslikka chaqirgan.

“Agar buyurtma bundan oldin amalga oshirilgan bo‘lsa, platformada to‘lovni qaytarishni tashkil etish tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda uchta mashina toʻqnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:53

    Toshkentda uchta mashina toʻqnashdi

    Olmazor tumanida sodir bo'lgan YTH oqibatida haydovchilar va bir yo'lovchi jarohat oldi.

    'Sirdaryoda yarim tunda majlisga ketayotgan bank xodimi halokatga uchrab vafot etdimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:32

    Sirdaryoda yarim tunda majlisga ketayotgan bank xodimi halokatga uchrab vafot etdimi?

    Darakchi.uz muxbiri holatni o‘rganish uchun rasmiy idoralardan javob oldi.

    'Urgutda maktab o‘quvchilarining janjallashishi ortidan 12 ota-onaga nisbatan chora ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:47

    Urgutda maktab o‘quvchilarining janjallashishi ortidan 12 ota-onaga nisbatan chora ko‘rildi

    9-sinf o‘quvchi qizlar orasidagi mojaro yuzasidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

    'Samarqandda 9-sinf qizlar yigit talashib bir-birini sochini yulgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:02

    Samarqandda 9-sinf qizlar yigit talashib bir-birini sochini yulgani aytilmoqda

    Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmogda.

    'Toshkentda YTH ortidan avtomobil to‘liq yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:51

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.10.2025 21:50