O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 11-14 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati asosan kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq, b’zi joylarda 22 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 11-12 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomir, qor) bo‘ladi, 13-14 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.