AQSHning Luiziana shtatida so‘nggi 15 yil ichida ilk bor o‘lim jazosi azot gazidan foydalangan holda amalga oshirildi. Bu haqda zamon.uz yozmoqda.
Mahalliy rasmiylarning ma’lum qilishicha, 1996 yilda ayolni o‘g‘irlash, zo‘rlash va o‘ldirishda aybdor deb topilgan Jessi Xofman ushbu usulda qatl etilgan.
Avvaliga sud qarori bilan qatl jarayoni to‘xtatilgan edi, biroq keyinchalik apellyatsiya sudi bu qarorni bekor qilib, jazoni ijro etishga ruxsat berdi.
Mazkur usul inson tanasini kisloroddan mahrum qilish orqali o‘limga olib keladi. Azot gazini maxsus niqob orqali yuborish natijasida mahbus hushini yo‘qotadi va bo‘g‘ilishdan vafot etadi.
Xofmanning advokatlari qatl usulini o‘zgartirishga harakat qilib, “ko‘proq insoniyroq” variantni taklif qilgan edi, biroq ularning talabi rad etilgan. Shu tariqa, Luiziana shtati uzoq yillik tanaffusdan so‘ng azot gazidan foydalangan holda qatlni amalga oshirdi.






