AsosiyDUNYO

Dunyoning eng xavfsiz 5 davlati ma'lum qilindi

Global Peace Index’ning 2026 yilgi hisobotiga ko‘ra, Islandiya dunyodagi eng xavfsiz davlat sifatida yana birinchi o‘rinni egalladi.

'Dunyoning eng xavfsiz 5 davlati ma'lum qilindi'ning rasmi

Reyting xavfsizlik darajasi, jinoyatchilik, harbiy mojarolar xavfi, ijtimoiy barqarorlik va aholining o‘zini xavfsiz his qilishi kabi 23 ta mezon asosida shakllantirilgan.

Hisobotga ko‘ra, dunyoning eng xavfsiz besh davlati quyidagilar bo‘ldi:

  1. Islandiya;
  2. Yangi Zelandiya;
  3. Shveytsariya;
  4. Sloveniya;
  5. Irlandiya.

Tahlilchilarga ko‘ra, mazkur mamlakatlarning yuqori o‘rinlarni egallashiga past jinoyatchilik darajasi, siyosiy barqarorlik, kuchli ijtimoiy himoya tizimi va aholi o‘rtasidagi yuqori ishonch muhiti sabab bo‘lgan.

Xususan, Islandiya 2008 yildan buyon deyarli uzluksiz ravishda reytingning birinchi pog‘onasini saqlab kelmoqda. Yangi Zelandiya esa 2026 yil natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Shveytsariya iqtisodiy va siyosiy barqarorligi bilan ajralib tursa, Sloveniya ilk bor eng xavfsiz beshlikdan o‘rin oldi. Irlandiya esa past zo‘ravonlik darajasi va xalqaro mojarolardan chetda turishi bilan yuqori baholandi.

Hisobotda O‘zbekiston ham ijobiy natija qayd etgan. Mamlakat Global Peace Index 2026 reytingida 163 davlat orasida 37-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 10 pog‘ona yuqoriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori natijani qayd etib, mintaqada birinchi o‘rinni egalladi.

    Boshqa yangiliklar