Toshkent shahrida yo‘ldagi kelishmovchilik ortidan ayol haydovchini haqorat qilgan erkakka nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea yo‘l harakati vaqtida yuzaga kelgan nizo oqibatida sodir bo‘lgan. Erkak ayol haydovchi bilan janjallashib, uni haqorat qilgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar sudga taqdim etilgan. Sud qarori bilan huquqbuzar 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olingan.
Shuningdek, jabrlanuvchi ayolga nisbatan himoya orderi rasmiylashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, sud jarayonida erkak o‘z aybini to‘liq tan olib, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan hamda jabrlanuvchidan kechirim so‘ragan.






