AsosiySalomatlik

Gepatit kasalligi asoratlari bilan xavfli

Xo‘sh, uning qanday turlari bor va nimasi bilan xavfli?

'Gepatit kasalligi asoratlari bilan xavfli'ning rasmi

Xalq orasida “sariq kasalligi” deb nomlanuvchi virusli gepatit o‘tkir yuqumli xastalik hisoblanadi.

SSV matbuot xizmati kasallikning turlari va xavflari haqida mutaxassis javobini berdi.

Toshkent shahar 1-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bosh shifokori Gulnoza Qurbonovaga ko‘ra, gepatit yuqumli xastalik bo‘lib, uning asosan A, V, S, D, Ye turlari bor. Kasallik klinik kechishi va asoratlari bilan bir-biridan farq qiladi. Yurtimizda esa uning A, B, C turlari ko‘p uchraydi.

Misol uchun, gepatit A virusi toza yuvilmagan qo‘llar sababli yuqadi va asosan bolalar o‘rtasida tarqaladi. Shu bois bu xastalikning yana bir nomi “iflos qo‘llar kasalligi” ham deyiladi. Virus, asosan, kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda bemor bilan muloqotda bo‘lish orqali yuqishi mumkin.

Shuningdek, gepatit V ushbu xastalik turlari orasida eng xavflisi bo‘lib, har yili dunyoda minglab insonlar mazkur virus tufayli vafot etadi. Kasallikning S turi esa ko‘pincha jigar sirrozi yoki saratonga sabab bo‘luvchi xavfli xastalik hisoblanib, uni shifokorlar “muloyim qotil” deb ham ataydi. Boisi uning rivojlanish davrida bemorda hech qanday salbiy o‘zgarish kuzatilmaydi.

Kasallikning V, S, D turlari, asosan, qon orqali yuqadi. Virusli gepatit ko‘pincha holsizlik, ishtahaning yo‘qolishi, ich ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning o‘ng sohasida og‘riq, teri rangi va ko‘z ichi sariq rangda bo‘lishi, peshob rangining o‘zgarishi kabi simptomlar bilan kechadi.

Virusning yuqish xavfi uning yashirin, boshlang‘ich davrlari va sariqlik belgilarisiz kechadigan turlarida yuqori bo‘ladi. Bunda bemor o‘zi bilmagan holda yaqinlari va oila a’zolariga kasallikni yuqtirishi mumkin.

Gepatit bilan xastalanganlar to‘liq va o‘z vaqtida davolanmaganda surunkali gepatit va jigar sirrozi kabi og‘ir asoratlar yuzaga keladi. Shu bois yuqoridagi belgilar kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Xastalikka chalinmaslik uchun, eng avvalo, sog‘lom turmush tarziga rioya etish zarur. Qolaversa, shaxsiy gigiyena qoidalariga, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlash jarayonlarida sanitariya-epidemiologik qoidalarga amal qilish lozim. Shuningdek, gepatit havo orqali yuqish xususiyatiga ega ekanini inobatga olib, shifokorlar undan himoyalanishning eng samarali usuli sifatida emlanishni tavsiya etadi. 

Shu bois bugun mamlakatimizda Milliy emlash kalendariga asosan kasallikning V turiga qarshi bepul emlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ozishga mo‘ljallangan ukollarni oddiy va foydali mahsulotlar bilan almashtiring'ning rasmi

    Salomatlik 30.06.2025 18:05

    'Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 20:00

    Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?

    Yozning jazirama kunlarida salqin ichimliklarning inson salomatligiga zararli ekanligini aslo unutmaslik lozim. Ayniqsa, ular quyosh tig‘i ostida saqlanayotgan bo‘lsa.

    'Tunda tez-tez uyg‘onish odati shunchaki noqulaylik emas'ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 17:25

    Tunda tez-tez uyg‘onish odati shunchaki noqulaylik emas

    Balki jiddiy kasalliklarning ilk belgilari bo‘lishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 08:57

    ''ning rasmi

    Salomatlik 23.06.2025 17:21

    'Homiladorlar TORCH infeksiyasiga qachon tahlil topshirishi kerak?'ning rasmi

    Salomatlik 20.06.2025 17:57

    Homiladorlar TORCH infeksiyasiga qachon tahlil topshirishi kerak?

    Ushbu savolga mutaxassis batafsil javob berdi.