AsosiyJamiyat

Qariyb 100 kg. giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi

DXX O‘zbekistonning qator hududlarida tezkor tadbir o‘tkazdi.

'Qariyb 100 kg. giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi'ning rasmi

DXXning darakchi.uz'ga xabar qilishicha, Xizmatning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sariosiyo tumanida yashovchi, 1977 y.t., muqaddam sudlangan shaxs tojikistonlik narkokur’erlar tomonidan Uzun tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 82 kg. 478 gr. “opiy” moddasini olib, mahalliy fermer xo‘jaliklaridan birining noturar binosiga yashirib qo‘ymoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi. 

 Aniqlanishicha, u 2 ming AQSH dollari xizmat haqi evaziga, tojikistonlik narkosavdogarning ko‘rsatmasiga asosan ushbu giyohvandlik vositasini kelgusida belgilangan joyga yetkazib berishi kerak bo‘lgan. 

DXX va IIV xodimlari hamkorligida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2001 y.t. shaxs sintetik giyohvandlik vositalarini “zakladka” tarzida joylashtirayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

 Shuningdek, u o‘z qaynonasining yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilganligi aniqlanib, tintuv tergov harakatlari davomida ushbu manzildan 9 kg. 450 gr. “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi. 

 Bundan tashqari, mazkur fuqaro tomonidan mijozlarga sotish maqsadida xufiya joylarga qoldirilgan jami 595 gr. “Mefedron” moddasi ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Boshqa holatda esa Rossiya Federatsiyasidan xalqaro pochta jo‘natmalari orqali boshqa tovar nomi ostida plastik idishda yuborilgan 7 kg. 313 gr. sintetik kannabinoid analogi bo‘lgan “5-Fluro-ADB” giyohvand moddasini qabul qilib olganlarida Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi, 2001 va 2002 yillarda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 2 nafar shaxs DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

  Aniqlanishicha, ular “WhatsApp” messenjeri orqali tanishgan noma’lum profil egasi topshirig‘iga ko‘ra, 500 AQSH dollari evaziga ushbu ajal og‘usini Toshkent shahridan Samarqand viloyatiga yetkazib berishlari kerak bo‘lgan. 

 Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur narkotik moddani Samarqand viloyatida qabul qilib olgan vaqtlarida Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 2001 va 2002 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro ham ushlandi. 

 Ulardan birining Samarqand shahridagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan yashirin laboratoriya tashkil qilinganligi ma’lum bo‘ldi. 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 25.03.2025 20:28

    ''ning rasmi

    Jamiyat 25.03.2025 19:44

    ''ning rasmi

    Jamiyat 25.03.2025 19:15

    ''ning rasmi

    Jamiyat 25.03.2025 18:26

    ''ning rasmi

    Jamiyat 25.03.2025 17:45

    'Tojikistonda hayit bayrami 30 mart kuni nishonlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 25.03.2025 16:02

    Tojikistonda hayit bayrami 30 mart kuni nishonlanadi

    Tojikiston ulamolar kengashi 27 mart kuni yig‘ilish o‘tkazib, bayram sanasi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi.