AsosiySalomatlik

Dunyo bo‘yicha 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi qariyb 2 barobar kamaydi

BMT tomonidan yangi hisobot e’lon qilindi.

'Dunyo bo‘yicha 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi qariyb 2 barobar kamaydi'ning rasmi

 Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotga ko‘ra, 2023 yili dunyo bo‘yicha besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 2015 yilga nisbatan 42 foizga, o‘lik tug‘ilish holatlari esa 53 foizga kamaygan. Bu haqida SSV matbuot xizmati xabar berdi.

 Ma’lum bo‘lishicha, yuqorida qayd etilgan besh yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarning deyarli yarmi hayotining birinchi oyida vafot etgan. Bunga, asosan, erta tug‘ilish va tug‘uruq chog‘idagi asoratlar sabab bo‘lgan.

Nisbatan katta yoshli bolalar o‘limi esa ko‘proq  yuqumli kasalliklar, jumladan, o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, pnevmoniya, bezgak va diareya tufayli kelib chiqqan.

Bundan tashqari, o‘lik tug‘ilish holatlarining 45 foizi tug‘uruq paytida sodir bo‘lgan. Ona organizmidagi infeksiyalar, tug‘uruqning og‘ir kechishi yoki o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasligi asosiy omillar sirasidan.

Shunga qaramay, o‘tgan 8 yil ichida sayyoramizda bolalar o‘limi ilk bor rekord darajada qisqarishi tarixiy natijadir. 

 Emlash dasturlari, to‘g‘ri ovqatlanish, dori-darmon, toza ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya sharoitlari yaxshilanishi bunda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ammo, ekspertlar fikricha, erishilgan ko‘rsatkichlar hali yetarli emas. Bu sohada sa’y-harakatlarni jadallashtirish orqali yana millionlab bolalar o‘limining oldini olish imkoniyati mavjud.

Hisobotda qayd etilganidek, bolaning omon qolish ehtimoli ko‘p jihatdan uning tug‘ilgan joyiga bog‘liq. Masalan, kichik yoshli o‘g‘il-qizlarning nobud bo‘lishi o‘lim darajasi eng baland davlatda bu ko‘rsatkich eng past mamlakatga qaraganda 80 baravar yuqori.

"Bunday tafovutlarni kamaytirish nafaqat ma’naviy majburiyat, balki butun dunyoda barqaror rivojlanish va tenglik yo‘lidagi muhim qadamdir" — deyiladi hisobotda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizga oshdi'ning rasmi

    Salomatlik 26.03.2025 15:29

    O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizga oshdi

    Mazkur epidemiya avj olishiga tabiiy ofatlar, iqlim o‘zgarishi, ayniqsa, suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda infratuzilma yomonligi hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish cheklangani kabi transchegaraviy omillar sabab bo‘lmoqda.

    'O‘tgan yili dunyo bo‘yicha 10,8 million kishiga tuberkulyoz tashxisi qo‘yilgan'ning rasmi

    Salomatlik 24.03.2025 13:24

    O‘tgan yili dunyo bo‘yicha 10,8 million kishiga tuberkulyoz tashxisi qo‘yilgan

    Ulardan 1,25 million nafari kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

    'Gepatit kasalligi asoratlari bilan xavfli'ning rasmi

    Salomatlik 21.03.2025 13:53

    Gepatit kasalligi asoratlari bilan xavfli

    Xo‘sh, uning qanday turlari bor va nimasi bilan xavfli?

    'Gadjetlar ko‘z saratoniga olib keladimi?'ning rasmi

    Salomatlik 14.03.2025 14:04

    Gadjetlar ko‘z saratoniga olib keladimi?

    Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri va mutaxassislarning bu boradagi fikrlari qanday?

    '2050 yilga borib, ko‘krak bezi saratoniga chalinish holatlari 38 foizga oshishi mumkin'ning rasmi

    Salomatlik 05.03.2025 13:48

    2050 yilga borib, ko‘krak bezi saratoniga chalinish holatlari 38 foizga oshishi mumkin

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yiliga 2,3 million nafardan ortiq ayolga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilmoqda.

    'Eshitishda nuqsoni bo‘lgan chaqaloqlar qanday davolanadi?'ning rasmi

    Salomatlik 03.03.2025 16:40

    Eshitishda nuqsoni bo‘lgan chaqaloqlar qanday davolanadi?

    Chaqaloq hayotining dastlabki 3 yilida turli tovushlarni o‘rganib, "tili" chiqa boshlaydi. Agar bola bu jarayonda muammoga duch kelsa, so‘zlarni tushunish va takrorlashda qiyinchiliklar tug‘iladi.