AsosiyJamiyat

Muftiy hazrat baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan masjidga jo‘nab ketdi

Andijondagi “Ahmadali hoji” jome masjidi tahoratxonasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi oqibatida binoning tom qismi qulab tushgan edi.

'Muftiy hazrat baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan masjidga jo‘nab ketdi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, bugun, 31 mart kuni tushdan keyin Andijon viloyati Izboskan tumani “Ahmadali hoji” jome masjidi tahoratxonasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi oqibatida binoning tom qismi qulab tushgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, talofat natijasida 3 kishi vafot etdi, 10 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Izboskan tumanidagi baxtsiz hodisa ro‘y bergan “Ahmadali hoji” jome masjidiga jo‘nab ketdi. 

    Boshqa yangiliklar