AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Eron yetakchisi bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Eron yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

'Shavkat Mirziyoyev Eron yetakchisi bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon 1 aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda bir-birlarini va mamlakatlarimizning do‘st xalqlarini bahor ayyomi Navro‘z va muborak Ramazon hayiti - Iyd al-Fitr bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Turli darajalarda faol muloqotlar va tashriflar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo va yuk tashish ko‘rsatkichlari, qo‘shma korxonalar soni oshmoqda, poytaxtlar o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Kimyo va neft-kimyo tarmoqlari, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari tarmog‘i va boshqa yo‘nalishlardagi kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va jadal amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tehron shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, biznes forumi va sanoat ko‘rgazmasini samarali tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Eron yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

    Boshqa yangiliklar