AsosiyDunyo

Soliq qo‘mitasi Temu O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashi kerakligini ma’lum qildi

Avvalroq, Temu platformasidan foydalanish 2025 yil 20 martdan boshlab cheklanishi haqida xabar berilgandi.

'Soliq qo‘mitasi Temu O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashi kerakligini ma’lum qildi'ning rasmi

Temu O‘zbekistonda 46 mlrd so‘m soliq to‘lashi kerak. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

Mubin Mirzayevning aytishicha, hozirgi kunda ko‘plab mamlakatlarda eng katta masala — marketpleys yoki elektron savdo tizimlarini soliqqa tortish bo‘lib turibdi. 

“Biz internet orqali savdo qilish tizimini to‘liq tahlil qildik. Tahlillar natijasida juda ko‘plab elektron savdo qiladigan tashkilotlar soliq to‘lamaslik holatlarini aniqladi. Nafaqat Temu, balki Wildberries tashkiloti ham soliq to‘lamay yurgan edi. Bu yerda savol tug‘ilyapti, nima uchun aynan Temu? Biz barcha elektron platformalarga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ogohlantirish xatini berganmiz”, deydi u. 

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Wildberries 52 mlrd so‘m soliq to‘lab berganini eslab o‘tdi. 

"Temu tomonidan taxminan 46 mlrd so‘mlik soliqlar to‘lanmagani aniqlandi. Biz uni hali tekshirganimiz yo‘q, bu dastlabki hisob-kitoblar natijasi. Marketpleysga ushbu soliq to‘lovlari bo‘yicha e’tiroz xati berilgan. Qachon u soliqlarni to‘lasa, biz faoliyatini legallashtirish imkoniyatini yaratib beramiz", — dedi Mubin Mirzayev.

Shuningdek, u hisoblangan soliqlar tekshirilmaganini, soliq qarzdorligi to‘lanmagan holatda, to‘liq tartibda tekshiruv amalga oshirilishini hamda soliq majburiyati bajarilishi yuzasidan alohida ma’lumotlar taqdim etilishini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekistonda Temu platformasidan foydalanish 2025 yil 20 martdan boshlab cheklanishi haqida xabar berilgandi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qizg‘izistonda bola attraksiondan qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo 02.04.2025 22:16

    Qizg‘izistonda bola attraksiondan qulab tushdi

    Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

    'AQSH va Isroil yaqin haftalar ichida Eronga hujum qilishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 02.04.2025 20:56

    AQSH va Isroil yaqin haftalar ichida Eronga hujum qilishi mumkin

    So‘nggi xabarlarga ko‘ra, AQSH va Isroil yaqin haftalarda Eronning yadroviy obyektlariga qarshi qo‘shma harbiy hujumni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

    'Amsterdamda piyodalarga hujum qilgan ukrainalik terrorizmda gumonlanmoqda'ning rasmi

    Dunyo 02.04.2025 08:34

    Amsterdamda piyodalarga hujum qilgan ukrainalik terrorizmda gumonlanmoqda

    Fuqaro hujum sodir etilgan kuniyoq qo‘lga olingan. Hozirda u hibsda qolmoqda – sud uning qamoq muddatini yana 14 kunga uzaytirish haqida qaror chiqargan.

    'Donald Trampning boyligi ikki baravar ko‘payib, 5,1 milliard dollarga yetgan'ning rasmi

    Dunyo 01.04.2025 20:55

    Donald Trampning boyligi ikki baravar ko‘payib, 5,1 milliard dollarga yetgan

    Milliarderlar orasida Trampdan omadliroq yil o‘tkazganlar juda kam.

    'Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Checheniston politsiyasi kuratori etib tayinlandi'ning rasmi

    Dunyo 01.04.2025 20:43

    Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Checheniston politsiyasi kuratori etib tayinlandi

    Yangi lavozimiga kirishgan Qodirov o‘g‘li davlat mukofotlari bilan bir necha marta taqdirlangan shaxs sifatida sakkiz nafar “faxrli xodim”ga medallar topshirdi – ular Checheniston Respublikasining eng oliy unvoni – “Checheniston Respublikasi Qahramoni” maqomiga ega bo‘lishdi.

    '6 ta Yevropa davlati Rossiyaga qo‘shimcha bosim o‘tkazishga tayyor ekanini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 01.04.2025 14:07

    6 ta Yevropa davlati Rossiyaga qo‘shimcha bosim o‘tkazishga tayyor ekanini e’lon qildi

    Ular Rossiya aktivlari muzlatilgan holda qolishi kerakligini, toki mojaroga barham berilmaguncha va Rossiya yetkazilgan zararni qoplamaguncha, bu holat saqlanib qolishi lozimligini qayd etgan.