AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 4 ta mashina YTHga uchradi

Viloyat YHXB hodisa yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

'Toshkent viloyatida 4 ta mashina YTHga uchradi'ning rasmi

1 aprel kuni Toshkent viloyatida Howo, Zil, Cobalt va Nexia rusumli avtomobillar o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Bu haqda xabar bergan viloyat YHXB axborot xizmatiga ko‘ra, hodisa soat taxminan 08:00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 34-kilometrida sodir bo‘lgan.

4 ta transport vositasi – Howo va Zil yuk avtomobillari hamda Cobalt va Nexia rusumli yengil avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Natijada harakat ishtirokchilari sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.

Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar