AsosiySiyosat

O‘zbekistonda Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi

2025-yil 1-iyuldan boshlab aholi uy-joylarining energiya auditini o‘tkazish xarajatlari, quyosh panellari va geliokollektorlar qiymatining 20 foizi, issiqlik nasoslari qiymatining 40 foizi miqdorda agentlik tomonidan subsidiya ajratiladi.

'O‘zbekistonda Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi'ning rasmi

Joriy yilning 27-mart kuni “Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Energiya samaradorligi milliy agentligi (Agentlik) tashkil etiladi.

Energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada rag‘batlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish Agentlikning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2025 yil 1-iyuldan aholi uy-joylarining energiya auditini o‘tkazish xarajatlari hamda quyosh panellari va geliokollektorlar qiymatining 20 foizi va issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) qiymatining 40 foizini, lekin BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplash uchun Agentlik tomonidan subsidiya ajratiladi.

2025 yil 1-sentyabrgacha Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi ishga tushiriladi.

Agentlik huzurida byudjetdan tashqari Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

2025 yil 1 oktyabrga qadar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun texnologiyalar energiya samaradorligining “yashil” standartlari joriy etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:52

    Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi

    Putin xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiyada qolish yoki mamlakatni tark etish bo‘yicha berilgan muddatni 2025 yil 10 sentyabrga qadar uzaytirdi.

    'Donald Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 26.04.2025 18:09

    Donald Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin

    Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 26.04.2025 13:20

    Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi

    O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

    'Lavrov hamda Baxtiyor Saidov Samarqandda muzokara o‘tkazdi'ning rasmi

    Siyosat 24.04.2025 10:04

    Lavrov hamda Baxtiyor Saidov Samarqandda muzokara o‘tkazdi

    Ikki davlat TIV rahbarlari ittifoqchilik munosabatlari va strategik sheriklikni mustahkamlash borasida fikr almashgan.

    'Lavrov Samarqandga keldi'ning rasmi

    Siyosat 23.04.2025 08:31

    Lavrov Samarqandga keldi

    Rossiya TIV rahbarini Baxtiyor Saidov kutib oldi.

    'Prezident Hindistondagi terrorchilik hujumi munosabati bilan hamdardlik bildirdi'ning rasmi

    Siyosat 23.04.2025 08:14

    Prezident Hindistondagi terrorchilik hujumi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    Ta’kidlanishicha, Kashmir hududida ro‘y bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgan.