AsosiyJamiyat

Namanganda 36 yoshli erkak noto‘g‘ri jarrohlik amaliyoti natijasida vafot etdi

Erkak traktor tirkamasidan yiqilib, tan jarohati olgan holatda shifoxonaga olib kelingan.

'Namanganda 36 yoshli erkak noto‘g‘ri jarrohlik amaliyoti natijasida vafot etdi'ning rasmi

Namangan viloyati Pop tumanida 36 yoshli erkakning noto‘g‘ri jarrohlik amaliyoti natijasida vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi. Xabar berilishicha, 27 mart kuni Pop tumanining "Chinor" mahallasida yashovchi Xojiakbar Kirgizovning tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.

Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Xojiakbar Kirgizov 13 mart kuni fermer xo‘jaligiga qarashli traktor tirkamasidan yiqilib, tan jarohati olgan. U o‘sha kuni darhol tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan va jonlantirish bo‘limida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Shuningdek, tibbiy muolajalar ham amalga oshirilgan. Biroq barcha tibbiy harakatlarga qaramay, Xojiakbar Kirgizov 27 mart kuni vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tibbiy ekspertiza tayinlangan. Shuningdek, shifokorlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi ham o‘tkazilmoqda.

Namangan viloyati prokuraturasi holatni jiddiy nazoratga olib, Pop tumanidagi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijalari bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi va aybdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda'ning rasmi

    Jamiyat 09.05.2025 19:31

    Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda

    O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi.

    '"Tinch va osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan insonlar qahramonligi oldida bosh egamiz"'ning rasmi

    Jamiyat 09.05.2025 19:23

    "Tinch va osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan insonlar qahramonligi oldida bosh egamiz"

    Prezident yordamchisi barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.

    'Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi'ning rasmi

    Jamiyat 09.05.2025 08:18

    Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi

    Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

    'Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan  o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 22:27

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

    Unda sohaning yetuk mutaxassislari, rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar ishtirok etmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 20:21

    'O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:41

    O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi

    O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari kutib oldilar.