AsosiyJamiyat

Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

'Toshkentda do‘kon yonib ketdi'ning rasmi

Bugun 8-aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 07:47 da yetib borib, yong‘inni soat 07:57 da bartaraf etishgan.

“Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda ”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida sotuv ofisi yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

    Boshqa yangiliklar