AsosiyJamiyat

Chimyon dam olish hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

'Chimyon dam olish hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi'ning rasmi

Toshkent viloyati Chimyon dam olish hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

Chimyon qor ko‘chki stansiyasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 5 aprel kuni taxminan soat 06:00—11:00 oralig‘ida yuz bergan.

Qayd etilishicha, dam olish hududining shimoliy ekspozitsiyadan aralash qor qoplamidan hajmi 750 m³ bo‘lgan 1 dona qor ko‘chkisi tushgan.

Hodisa sabab talafot bo‘lmagan, jabrlanganlar yo‘q.

    Boshqa yangiliklar