AsosiySport

APL. “Chelsi” kichik hisobda “Sanderlend”ni engib, g`alabali seriyasini 10 o`yinga etkazib oldi

Angliya Premer-ligasi 16-turida turnir peshqadami “Chelsi” safarda “Sanderlend” mehmoni bo`lib, 1:0 hisobida g`alaba qozondi.

O`yindagi yagona golga 40-daqiqada Fabregas mualliflik qildi. Mazkur muvaffaqiyatdan keyin Antonio Konte jamoasi g`alabalar seriyasini 10 o`yinga etkazib, peshqadamlikni mustahkamlab oldi.

“Sanderlend” – “Chelsi” 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 40 Fabregas.

“Sanderlend” – Pikford, Kirxgoff (Larsson, 57), Kone, Djilobodji, Denayer, Djons (Lav, 59), Yanuzay, van Anxolt, O′Shi, Defo, Borini (Xazri, 82).

“Chelsi” – Kurtua, Keyxill, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Fabregas, Mozes (Ivanovich, 90), Villian (Chaloba, 89), Kante, Pedro (Matich, 76), Diego Kosta.

Ogohlantirishlar: Defo (43), O′Shi (45), Pedro (56), Borini (72), Mozes (90).

Boshqa yangiliklar