AsosiyDunyo

“Dunyodagi eng xunuk ayol” o`zi bilan bog`liq memlarni taqiqlashni talab qilmoqda

Internetda “Dunyodagi eng xunuk ayol” nomini olgan 27 yoshli Lizzi Velaskes ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez paydo bo`ladigan o`zining surati aks etgan memlardan xafa bo`lganini ma`lum qildi, deb yozadi “Vesti”. 

Kam uchraydigan kasallikdan aziyat chekuvchi amerikalik ayol o`zining tashqi ko`rinishini tahqirlashlariga qarshi chiqmoqda. Uning suratlaridan foydalangan holda yaratilgan xazillar Velaskesning dilini og`ritgan. 

Lizzi Velaskes Videman — Rautenshtraux sindromi kasalligidan aziyat chekadi. Uning organlari bir maromda o`smaydi, bundan tashqari u bir necha yillardan beri 29 kilogramm vaznga ega.

Lizzi Instagram`dagi sahifasida o`zi bilan bog`liq memni joylashtirdi.

“Bizning tashqi ko`rinishimiz qanday ekanligi ahamiyatga ega emas. Oxir-oqibatda biz hammamiz insonlarmiz. Sizlardan faqat bir narsani so`rayman, keyingi safar mening suratim aks etgan memni ko`rganingizda, mana shu haqda o`ylang”,—deb yozdi Lizzi.

“Tushunaman, mana shunday rasmlar kimnidir kuldirar, balki, biroq ularni ko`rganimda mening dilim og`riydi”,—deydi so`zlarini davom ettirib Velaskes.
 
Lizzi Velaskes “Dovyurak:Lizzi Velaskesning tarixi” deb nomlangan hujjatli film qahramoni bo`lib, unda Lizzi o`z kasalligi haqida so`zlab, boshqa kasalliklardan aziyat chekadigan insonlarni umidsiz bo`lmaslikka undagan.

I've seen a ton of memes like this all over @facebook recently. I'm writing this post not as someone who is a victim but as someone who is using their voice. Yes, it's very late at night as I type this but I do so as a reminder that the innocent people that are being put in these memes are probably up just as late scrolling through Facebook and feeling something that I wouldn't wish on my worst enemy. No matter what we look like or what size we are, at the end of the day we are all human. I ask that you keep that in mind the next time you see a viral meme of a random stranger. At the time you might find it hilarious but the human in the photo is probably feeling the exact opposite. Spread love not hurtful words via a screen. Xoxo Lizzie

Foto opublikovano Lizzie Velasquez (@littlelizziev)

Boshqa yangiliklar