AsosiyJinoyat

Toshkentda yong‘in chiqqan uydan ikki kishi pichoqlangan holatda topildi

Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini, gumonlanuvchi esa qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

'Toshkentda yong‘in chiqqan uydan ikki kishi pichoqlangan holatda topildi'ning rasmi

Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgan uydan ikki yigit pichoqlangan holda topildi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7-aprel kuni soat 14:31 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Quruvchilar dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Boshqarma yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘qligini bildirgan. Ammo xonadondan 2 nafar yigit pichoqlangan holatda topilgan. 

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi yigit Sergeli tumanidagi tanishining uyiga mehmonga kelgan. Kutilmaganda ular o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘lgan. So‘ng yigit oshxonadagi pichoq bilan ikki nafar yigitga tan jarohati yetkazgan. Keyin yigitlar shifoxonaga yetkazilgan.

Shifokorlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yigitlar jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan va ularning hayoti saqlab qolingan. Ulardan biri besh marotaba, yana biri esa 7 marotaba pichoqlangani aytilgan. 

Gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgan. Uyni jinoyat sodir etgach yoqib yuborgani aytilmoqda. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini, gumonlanuvchi esa qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sariossiyoda hokim o‘rinbosari firibgarlikda ayblanib qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 21.11.2025 08:28

    ''ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 21:54

    'Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 20:38

    Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi

    Bir qator o‘qituvchilardan imtihon natijalarini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan holda 1300–1500 AQSh dollar miqdorida pul talab qilgan.

    'Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 11:37

    Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi

    Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bo‘yicha ish qo‘zgatildi.

    'Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 19.11.2025 12:11

    Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi

    Poytaxt Soliq boshqarmasining bosh inspektori 5 ming dollar pora olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi. Unga nisbatan "pora olish" moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

    'Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan'ning rasmi

    Jinoyat 19.11.2025 07:54

    Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan

    Sirdaryoning Xovos tumanida IIVning ikki nafar tezkor xodimi gumonlanuvchilarni qoʻrqitib, pul talab qildi.