AsosiyDunyo
3731

Trampning inaugurasiyasida AQSh madhiyasini iste`dodlar shousi yulduzi ijro etadigan bo`ldi

Amerikalik xonanda Jeki Ivanko prezident inaugurasiyasida davlat madhiyasini ijro etuvchi eng yosh ijrochi bo`ladi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

Qiz endigina 16 yoshga to`lganiga qaramay, “Amerika iste`dodlarni izlaydi” (America's Got Talent) shousidagi chiqishi bilan tomoshabinlar qalbidan joy egallashga  ulgurgan.

Yosh xonanda 2017 yilning 20 yanvarida AQShning 45 prezidenti Donald Trampning inaugurasiyasi munosabati bilan o`tkaziladigan tantanali marosimda qatnashish uchun rasmiy taklifnoma olganligini ma`lum qildi.

“Men yana prezident qarshisida kuylashim mumkinligidan juda hayajonlanyapman. Bunday imkoniyatga ega bo`lish buyuk baxtdir!”, deydi Jeki.

Ivanka ilk marotaba 10 yoshda ekanligida tanilgan, teleshoudagi muvaffaqiyatli ishtirokidan keyin u 2010 yilda prezident qarshisida kuylashga taklif etilgan edi. O`shanda qiz Vashingtonda Oq uy qarshisida qad rostlagan Milliy rojdestvo archasi yonida kuylagandi.

Boshqa yangiliklar