Himolay tog‘larida joylashgan va uchta yadroviy davlat (Hindiston, Pokiston va Xitoy) bilan chegaradosh hudud qattiq raqobat va hududiy ambitsiyalar makoniga aylandi.
Joriy yilning 22-aprel kuni jangarilar Kashmirning Hindiston tomonidan boshqariladigan qismida bir guruh sayyohlarga hujum qilib, kamida 26 kishini o‘ldirganida keskinlik yana bir bor namoyon bo‘ldi. Hindiston bunga Pokistonni aloqadorlikda aybladi.
Kashmirdagi mojaroning zamonaviy tarixi 1947-yildan, Britaniya Hindistoni mustamlakasi hind ko‘pchiligiga ega Hindiston va musulmon ko‘pchiligi Pokistonga bo‘lingan paytdan boshlanadi.
Hindiston ham, Pokiston ham taxminan 220 ming kvadrat kilometr maydonga ega bo‘lgan butun Kashmir hududiga da’vogarlik qiladi. Hozir u yerda 20 millionga yaqin odam yashaydi - Hindiston tomonidan boshqariladigan hududda taxminan 14,5 million, Pokiston tomonidan boshqariladigan hududda taxminan 6 million va Xitoy tomonidan boshqariladigan hududda bir necha mingdan kamroq.
Raqiblar bir-birini mintaqada haddan tashqari ko‘p qo‘shin joylashtirishda ayblamoqda, ammo hech kim aniq raqamlarni e’lon qilmayapti.