Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchiga jarima yozmoqchi bo‘lgan YPX xodimlariga ayollar to‘sqinlik qilib, ularga tashlangani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea Surxondaryo viloyati Denov tumanida kuzatilgan. Bir guruh ayollar haydovchiga jarima yozmoqchi bo‘lgan YPX xodimlariga to‘sqinlik qilib, ularga tashlangan.
Denov tumanida IIB YPX inspektorlari bilan bog‘liq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, — deyiladi izohda.
Shuningdek, prokuratura yuqoridagi holat yuzasidan jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlanganini ochiqlagan. Hamda tergov harakatlari olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.