Andijonda erkak elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 213 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro I.F. otasiga tegishli noturar joyda qurilish mollari ishlab chiqariladigan sex tashkil etgan. U sexni elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulab, noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat oqibatida 213 million so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘ta yirik miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud qaroriga ko‘ra, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Rasmiylar barcha tadbirkor va fuqarolardan energiya resurslaridan qonuniy va oqilona foydalanishni so‘ramoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlari davom etmoqda.