AsosiyJamiyat

Farg‘onada giyohvand modda sotayotganlar qo‘lga tushdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

'Farg‘onada giyohvand modda sotayotganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

Joriy yilning 15 aprelidan 15 mayiga qadar Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirida giyohvandlik moddasini sotayotgan yana 2 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahrining Bog‘ibanon ko‘chasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan va Orzu ko‘chasida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan shaxs xaridor bilan 18 ming dollarga 1 kilogramm “gashish” giyohvandlik moddasini sotishga kelishib, shundan 560 grammini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar