AsosiyBu qiziq

Bugun insonlar yaxshi uxlay olmasligiga nima sabab bo‘lmoqda?

Zamonning yashirin kasalligi hisoblangan uxlay olmaslik dardiga qanday yechim topish mumkinligiga javob berildi.

'Bugun insonlar yaxshi uxlay olmasligiga nima sabab bo‘lmoqda?'ning rasmi

Tun jimjit. Soatlar tongga qarab siljiydi. Kimdir shiftga tikilgancha yotadi, yana kimdir yostig‘ini burab-burab uxlay olmasdan o‘ylanadi. Kimdir esa qo‘y sanab tinchlik izlaydi. Bugun insoniyatning eng og‘ir muammolaridan biri – uyqusizlik tobora chuqur ildiz otmoqda.

Ertalab chalingan budilnikdan keyin charchagan holda uyg‘onayotgan, butun kunini qahva bilan o‘tkazayotgan millionlab odamlar “Nega uxlay olmayapman?” degan savolga javob izlamoqda.

Barchani qiziqtirgan ushbu savolga Turkiyaning Marmara universiteti Pendik Ta’lim va Tadqiqot kasalxonasi Nevrologiya bo‘limi professori Dr. Kadriye Ağan javob berdi.

Uyqusizlik qanday aniqlanadi?

Ağanning aytishicha, inson “uyqusizlik” tashxisini olishidan oldin bir necha muhim mezonlar mavjud: agar haftada kamida 3 kun, 3 oy davomida uxlashda muammo bo‘layotgan bo‘lsa, bu holat tibbiy aralashuvni talab qiladigan “insomniya” hisoblanadi. Ayniqsa, ayollar va keksalar orasida bu holat keng tarqalgan.

Bugungi kunda tavsiya etilayotgan uyqu miqdori – 7-8 soat. Afsuski, so‘nggi asrlarda bu ko‘rsatkich pasayib, insonlar o‘rtacha 6,8 soat uxlamoqda. “Kam uxlagan odam to‘liq sog‘lom ishlay olmaydi”, – deydi professor.

Uxlay olmaslik sabablari stressmi, kasallikmi, yoki o‘zimizmi?

Shifokorning ta’kidlashicha, uyqusizlikning sabablari turlicha shaklda namoyon bo‘ladi. Xususan, stress, bezovtalik, depressiya – birinchi navbatda, Yurak, endokrin, ovqat hazm qilish muammolari, shuningdek, saraton yoki psixik kasalliklar ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.

Ayniqsa, “parkinson”, demensiya, epilepsiya kabi nevrologik holatlar uyquga salbiy ta’sir qiladi. Vardiya usulida ishlaydiganlar, tungi smenadagi xodimlar ham muntazam uyqusizlikdan shikoyat qilishadi.

Uyqu gigiyenasi – chorasiz muammoning oddiy yechimi

“Buning mo‘jizaviy tabletkasi yo‘q,” – deydi professor Ağan. Biroq u uyqu gigiyenasiga qat’iy rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi.

Yotoq xonasi faqat uyqu uchun bo‘lishi kerak – televizor, kompyuter bo‘lmasligi lozim. Yotishdan oldin og‘ir ovqatlanmaslik kerak, xona – sokin, qorong‘i va qulay haroratda bo‘lishi zarur, yotoqda ovqatlanish yoki ekran qarshisida uxlash qat’iyan man etiladi.

Shuningdek, shifokor yotishdan oldin iliq dush, tinchlantiruvchi musiqa yoki kitob o‘qish kabi kundalik uyqu odatlari (ritual) yaratishni tavsiya qiladi.

Kofeinsiz hayot

Uyqu muammosidan aziyat chekayotganlarga quyidagi maslahatlar beriladi:

Kunduzgi uxlab olish 20 daqiqadan oshmasin, aks holda tungi uyquga salbiy ta’sir qiladi.

Kofeinli ichimliklar (qahva, choy, kola va boshqalar) tushdan keyin ichilmasligi lozim.

Kechqurun imkon qadar dam olishga yo‘naltirilgan faoliyatlar tanlang.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Agar yuqoridagi tavsiyalarga qaramay uyqu bilan bog‘liq muammolar davom etsa, mutaxassisga murojaat qilish zarur. Chunki ba’zan uyqusizlik yengil ko‘rinishi mumkin bo‘lsa-da, uning ortida jiddiy tibbiy muammolar yashiringan bo‘lishi mumkin. Zarur bo‘lsa, dori-darmon yoki psixoterapevtik davolash yo‘llari bilan muammo hal qilinadi.

Zamonaviy inson har narsani hisoblaydi, rejalashtiradi, ishlaydi. Ammo eng zarur bo‘lganini – uyquni unutmoqda. Ammo shuni esdan chiqarmasligimiz kerak: sog‘lom uyqu – sog‘lom hayotning asosi. Uxlashni emas, uyqu sifatini o‘rganing. Shundagina tonglar sog‘lom, kunlar samarali bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yangi haftaning dastlabki kuni qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 00:07

    Yangi haftaning dastlabki kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

    Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.

    'Bugun qanday ob-havo kuzatilishi e’lon qilindi'ning rasmi

    Bu qiziq 02.05.2025 07:21

    Bugun qanday ob-havo kuzatilishi e’lon qilindi

    Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    'Mayning dastlabki kuni qanday ob-havo bilan boshlanadi?'ning rasmi

    Bu qiziq 01.05.2025 07:24

    Mayning dastlabki kuni qanday ob-havo bilan boshlanadi?

    Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yog‘ishi mumkin. Harorat 35 daraja issiq bo‘ladi.

    'Bugun ayrim hududlarga yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 30.04.2025 00:18

    Bugun ayrim hududlarga yomg‘ir yog‘adi

    Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    'Bugun qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 29.04.2025 07:05

    Bugun qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi

    Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

    'Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?'ning rasmi

    Bu qiziq 28.04.2025 06:49

    Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

    Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.