AsosiyBu qiziq

“Koinot go‘zali – 2025” tanlovida Meksika vakili Fotima Bosh g‘olib bo‘ldi

Unga gʻoliblik tojini 2024-yilgi miss — daniyalik Viktoriya Teylvig topshirdi.

'“Koinot go‘zali – 2025” tanlovida Meksika vakili Fotima Bosh g‘olib bo‘ldi'ning rasmi

21 noyabr kuni Bangkokdagi IMPACT ko‘rgazma va kongress markazida “Koinot go‘zali – 2025” xalqaro tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi vitse-miss Tailand vakilasi bo‘ldi, keyingi o‘rinlar Venesuela, Filippin va Kot-d’Ivuar ishtirokchilariga nasib etdi.

Fotima Bosh g‘oliblikdan so‘ng qilgan nutqida ayollar va qizlarga o‘z ovozining qudratiga ishonishda ilhom bermoqchi ekanini aytdi. U shaxsiy hayoti haqida ham gapirib, “mening yonimda yigit yo‘q, sevgi kutishi mumkin”, deya kulib javob berdi.

25 yoshli Fotima Ibero-amerika universitetida moda va liboslar dizayni bo‘yicha tahsil olgan.

Tanlov arafasida katta mojaro ham qayd etilgan: tashkilotchilardan biri Navat Itsaragrisil Fotimani homiylik fotosessiyasida qatnashmaganligi uchun tanqid qilib, vaziyat keskinlashgan. Keyinchalik u tanlov jarayonidan chetlatilgan. Miss Universe prezidenti Raul Rocha Kantu bunday munosabatni qoraladi.

    Boshqa yangiliklar