AsosiyBu qiziq

Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi

Dollar qimmatlashdi, evro arzonlashdi, oltin narxi oshdi.

'Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Markaziy banki 21 noyabrdan amal qiladigan yangi valyuta kurslarini ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra: AQSH dollari 3,74 so‘mga oshib, 11 914,67 so‘m bo‘ldi. Yevro 49,29 so‘mga arzonlab, 13 735,23 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli 0,78 so‘mga ko‘tarilib, 148,27 so‘mga teng bo‘ldi. Xitoy yuani 0,56 so‘mga pasayib, 1 674,58 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, oltinning 1 grammi narxi 10 400 so‘mga oshib, 1 625 400 so‘mga yetdi. “TradingView” ma’lumotlariga ko‘ra, bugun 19 noyabr, soat 16:00 holatida bitcoin kursi 8 mln 741 ming 940 so‘mga ko‘tarildi, umumiy qiymati esa 1 mlrd 90 mln 431 ming 960 so‘mni tashkil etmoqda.

    Boshqa yangiliklar