Haydovchilikka o‘qish xarajatlari esa to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu Prezidentning yangi farmonida qayd etilgan.
Shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi orqali “A”, “B”, “D” va “DE” toifali haydovchilik guvohnomasi uchun o‘quv kurslari to‘lovi ham qoplanadi.
Kasbiy va oliy ta’limda o‘qiydigan yoshlar uchun kontrakt mablag‘ining 50 foizigacha qismi davlat tomonidan to‘lanadi. Bu summa bir o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi belgilangan.
Farmoniga ko‘ra, bir shaxs bir yilda turli ijtimoiy yordam turlaridan ko‘pi bilan ikki marta foydalanishi mumkin.






