Jizzaxda fuqaroning ishonchiga kirib, uni noqonuniy yo‘l bilan AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan “firibgar” qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, Jizzax viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Shunda viloyatning Sh.Rashidov tumanida yashovchi fuqaro “N.B.Q.”, Zarbdor tumanidan bo‘lgan “A.A.D.”ni go‘yoki Meksika orqali AQSHga ishga jo‘natish bahonasida aldab, undan jami 200 million so‘m (shu jumladan 11 200 AQSH dollari va 50 mln so‘m) olmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.