So‘nggi 2 oyda O‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan xalqaro olimpiadalarda 110 ta medal qo‘lga kiritildi.
Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasini O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medal bilan yakunladi.
O‘tkazilgan joyi: 14-19 mart, Adigeya Respublikasi
Ishtirokchi davlatlar soni: 20 ga yaqin
Yevropa qizlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush, 2 ta bronza medal sohibi bo‘ldi.
O‘tkazilgan joyi: 11-17 aprel, Kosova
Ishtirokchi davlatlar soni: 55 ta
Xalqaro robototexnika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan joyi: 15-20 aprel, Turkiya
Ishtirokchi davlatlar soni: 20 ga yaqin
II Xalqaro Matematika Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 9 ta kumush, 4 ta bronza medalga ega bo‘ldi.
O‘tkazilgan joyi: 21-25 aprel, Turkmaniston
Ishtirokchi davlatlar soni: 15 ga yaqin
Bolqon Matematika Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush medal sohibi bo‘ldi.
O‘tkazilgan joyi: 25-30 aprel, Bosniya va Gersogovinya
Ishtirokchi davlatlar soni: 30 ga yaqin
Osiyo Fizika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan joyi: 4-12 may, Saudiya Arabistoni
Ishtirokchi davlatlar soni: 27 ta
Xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO) da O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta kumush medal, 6 ta kubokni qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan joyi: 8-12 may, Iordaniya
Ishtirokchi davlatlar soni: 30 ga yaqin
Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 13 ta kumush va 30 ta bronza medal oldi.
O‘tkazilgan joyi: 8-12 may, O‘zbekiston
Ishtirokchi davlatlar soni: 9 ta
59-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan joyi: 5-13 may, Braziliya
Ishtirokchi davlatlar soni: 40 ta
Eslatib o‘tamiz, Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga ko‘ra, 2025 yil 1 iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.