AsosiyBu qiziq

Toshkentda vagon ta’mirlash deposi yonib ketdi

Yong‘in qariyb 3 soatda to‘liq o‘chirilgan.

'Toshkentda vagon ta’mirlash deposi yonib ketdi'ning rasmi

Kecha, 15-may kuni Toshkent shahar, Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasida joylashgan vagon ta’mirlash deposida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yong‘in soat 23:58 da boshlangan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 00:03 da yong‘inga yetib borgan hamda vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Yong‘in soat 01:31 da qurshab olingan. Va soat 02:48 da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida xabar tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, shu kunning o‘zida poytaxt Toshkentning Sergeli tumanida ham yong‘in sodir bo‘lgan. Unda do‘kon alanga ichida qolgan edi.

    Boshqa yangiliklar