AsosiySport

Murodjon Ahmadaliyev Meksikadagi jangda raqibini nokautga uchratdi

Ahmadaliyev 10 raund etib belgilangan jangning 8-raundida g‘alabaga erishgan.

'Murodjon Ahmadaliyev Meksikadagi jangda raqibini nokautga uchratdi'ning rasmi

Meksikaning Gvadalaxara shahrida o‘tkazilgan professional boks turnirida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev va mezbonlar vakili Luis Kastilo o‘zaro raqobatlashdi.

Natijada 10 raund etib belgilangan jangning 8-raundida ketma-ket aniq va tezkor zarbalar yo‘llagan Murodjonga raqibi qarshilik ko‘rsata olmadi. Ushbu vaziyatni ko‘rib turgan hakam bahsni to‘xtatdi va Luis Kastiloni texnik nokautga uchraganini qayd etdi.

Shu tariqa, Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi janglari soni 15 taga yetdi va ulardagi g‘alabalar soni esa 14 tani tashkil qilmoqda.

Endi Murodjon Ahmadaliyev shu yilning 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida ikkinchi eng yengil vaznda mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue bilan jang o‘tkazadi.

    Boshqa yangiliklar