2026 yilda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VII aralash jang san’atlari va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, Osiyo Olimpiya kengashi ushbu o‘yinlar dasturiga boks sport turini ham qo‘shishgan.
Boksdan tashqari yana 15 ta sport turi doirasida musobaqa g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi. Hozircha turnirning aynan qaysi sanalarda o‘tkazilishi ma’lum emas.