AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda do‘kon qariyb 190 million so‘mlik “tok”ni o‘g‘irladi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'Qashqadaryoda do‘kon qariyb 190 million so‘mlik “tok”ni o‘g‘irladi'ning rasmi

Qashqadaryoda do‘kon qariyb 190 million so‘mlik “tok”ni o‘g‘irladi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyatning Kasbi tumani "Komilon" MFYda joylashgan “M. S. S.” YTTga qarashli savdo do‘koni o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 181,7 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar