Bugun, 17 iyun kuni Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida "Markaziy Osiyo – Xitoy" shaklidagi navbatdagi sammit boshlandi.
Mazkur sammitda ishtirok etish uchun O‘zbekiston yetakchi Shavkat Mirziyoyev hamda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qozog‘istonga yetib bordi.
Prezident matbuot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevni Ostona shahrida joylashgan aeroportida Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Shuningdek, xabarda O‘zbekiston yetakchisi "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi navbatdagi sammitda ishtirok etadi va Xitoy Raisi bilan muzokara o‘tkazadi.