Poytaxt Toshkentda istiqomat qiluvchi fuqaro uyida 1 dona Nil timsohini saqlayotganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishcha, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro yashash manzilida 1 dona Nil timsohini saqlagan.
So‘ng holat holat aniqlanib huquqbuzarga nisbatan MJtKning 92-1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida sud organlariga yuborildi”,- deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, timsoh Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.