O‘zbekistonda 2026 yilning birinchi choragida davlat budjetiga 63,6 trillion so‘m soliq tushumlari ta’minlandi.
Tushumlarning asosiy qismi foyda solig‘i hissasiga to‘g‘ri kelib, ushbu yo‘nalishda 20,4 trillion so‘m yig‘ildi. Bu esa 43 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi.
Eng katta tushum foyda solig‘idan bo‘lib, 20,4 trillion so‘m yig‘ildi (+43%). QQS tushumlari 12,5 trillion so‘mga (+27%), jismoniy shaxslar daromad solig‘i esa 10,7 trillion so‘mga (+15%) yetdi.
Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) tushumlari 0,6 trillion so‘mga yetib, 12 foizga o‘sgan. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari esa 82 foizlik o‘sish bilan 0,4 trillion so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 6 trillion so‘mni, aktsiz solig‘i 4,6 trillion so‘mni tashkil etdi.






