AsosiyJamiyat

Gruziyada 45 nafar chet ellik qo‘lga olindi

Gruziya IIV ma'lumotiga ko'ra, bu kabi reydlar muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.

'Gruziyada 45 nafar chet ellik qo‘lga olindi'ning rasmi

Gruziya huquq-tartibot idoralari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash doirasida 45 nafar xorijlikni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olinganlar orasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Turkiya, Pokiston va boshqa qator davlatlar fuqarolari bor.

Gruziya IIV ma’lumotiga ko‘ra, bu kabi reydlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Natijada mamlakat hududida qonuniy asoslarsiz yurgan shaxslar aniqlanib, deportatsiya qilinmoqda.

Avvalroq Gruziyada migratsiya qonunchiligi kuchaytirilgan edi. Jumladan, mamlakatda bo‘lish muddatini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi. Shuningdek, norozilik namoyishlarida qatnashish qoidalarini buzgan chet elliklarni deportatsiya qilishga ham ruxsat berilgan.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning 11 oyi davomida Gruziyadan qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan 1131 nafar chet el fuqarosi chiqarib yuborilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Navoiyda 58 nafar bog‘cha bolasini me’yordan ortiq olib ketayotgan mikroavtobus to‘xtatildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:15

    Navoiyda 58 nafar bog‘cha bolasini me’yordan ortiq olib ketayotgan mikroavtobus to‘xtatildi

    Haydovchiga nisbatan odam tashish qoidalarini buzgani uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

    'Rimda Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi qamoqqa olindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:49

    Rimda Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi qamoqqa olindi.

    U noqonuniy ravishda Rossiya fuqarolariga uzoq muddatli vizalar rasmiylashtirishda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.

    'Banklarda hujjatsiz 500 dollargacha valyuta olish mumkin bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:58

    Banklarda hujjatsiz 500 dollargacha valyuta olish mumkin bo‘ladi

    Yangi qoida rasman 3 oydan keyin kuchga kiradi.

    'Bosh prokuratura vakillari G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2026 15:30

    Bosh prokuratura vakillari G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi

    “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yilib, Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2026 14:48

    Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi.

    'Трамп маъмурияти муҳожир оилаларига нисбатан қатъий чораларни кучайтирди'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2026 14:25

    Трамп маъмурияти муҳожир оилаларига нисбатан қатъий чораларни кучайтирди

    AQShning Donald Tramp ma'muriyati muhojirlarga qarshi qat'iy siyosat doirasida minglab ota-onalarni hibsga olgani ma'lum bo'ldi.