AsosiySalomatlik

Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?

Yozning jazirama kunlarida salqin ichimliklarning inson salomatligiga zararli ekanligini aslo unutmaslik lozim. Ayniqsa, ular quyosh tig‘i ostida saqlanayotgan bo‘lsa.

'Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?'ning rasmi

 Biroq ushbu chanqovbosdi mahsulotlarning inson salomatligiga zararli ekanligini aslo unutmaslik lozim. Ayniqsa, ular quyosh tig‘i ostida saqlanayotgan bo‘lsa.

Bilamiz, bugun ko‘pgina salqin ichimliklar plastik idishlarda qadoqlanadi va ular namlik darajasi 75 foizdan oshmaydigan, 2-18 daraja haroratda saqlanishi zarur, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim mudiri Olimjon Imomov. — Biroq e’tibor bersak, bugun aksariyat oziq-ovqat do‘konlari, katta yo‘l chetlaridagi ulgurji savdo obyektlari oldida bunday mahsulotlar ertalabdan kechgacha quyosh tig‘i ostida turganini ko‘ramiz.

Bu esa inson salomatligida jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, quyosh nurlari ta’sirida plastik idishlar o‘zidan zaharli va organizmda to‘planish xususiyatiga ega bo‘lgan xavfli kimyoviy organik moddalar — bisfenol A, V, formaldegid, ftalat, stirol va boshqa toksik birikmalarni ichimlik tarkibiga chiqaradi.

Mazkur moddalar inson tanasiga kirgach, asab, ovqat hazm qilish, qon aylanishi hamda endokrin tizimi kasalliklari yuzaga keladi. Qolaversa, ushbu birikmalar miya va reproduktiv tizimda to‘planib, organizm uchun muhim bo‘lgan oqsil va lipidlar almashinuviga salbiy ta’sir etadi. Hatto, bu holat saraton xastaliklari rivojlanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

 Bilamizki, ko‘pgina gazli va rangli ichimliklar tarkibida sun’iy qo‘shimchalar, konservantlar va rang beruvchi moddalar mavjud. Quyosh nuri ostida saqlanganda bu moddalar tarkibi o‘zgarib, xavfli birikmalar hosil bo‘ladi. Oqibatda organizmda allergik reaksiyalar, jigar va buyrakka ortiqcha yuklama, bolalarda giperfaollik hamda diqqat yetishmovchiligiga olib keladi.

Shuningdek, ayrim ichimliklar (kofeinli va energetik mahsulotlar) iste’mol qilinganda organizm suvsizlanadi. Ular suyuqlikni ushlab turish o‘rniga, aksincha, tanadan tezroq chiqarib yuboradi. Natijada qon bosimining tushishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik kuzatilishi mumkin.

Bundan tashqari, ochiq havoda, sanitariya qoidalariga rioya etilmagan holda saqlanayotgan ichimliklar turli bakteriyalar bilan ifloslangan bo‘lishi ehtimoli katta. Masalan, dizenteriya, salmonellyoz, ichak tayoqchasi kabi yuqumli xastaliklar aynan shunday ichimliklar orqali yuqish ehtimoli yuqori. Ayniqsa, qopqog‘i ochilgan yoki idishi nopok holatda saqlangan mahsulotlar juda xavfli.

Shunday ekan quyosh tig‘i ostida turgan va noma’lum sanitar holatda saqlanayotgan salqin ichimliklarni iste’mol qilmang. Ularning saqlash sharoitiga, sotuvchi va savdo nuqtasining sanitar holatiga e’tibor bering. Yoz kunlarida imkon qadar o‘zingiz uyda tayyorlagan tabiiy ichimliklar – sovutilgan ko‘k choy, mevali sharbatlar yoki gazlanmagan toza suv iching.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 25.11.2025 01:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 09:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 13:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 17.11.2025 01:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 17:07

    'Tuberkulyozi yiliga 1 milliondan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmogda — JSST'ning rasmi

    Salomatlik 14.11.2025 11:31

    Tuberkulyozi yiliga 1 milliondan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmogda — JSST

    O'tgan yili dunyo bo'yicha 8,3 million kishiga ushbu kasallik tashxisi qo'yilgan, ulardan 1,2 million nafari hayotdan ko'z yumgan.