Iyul oyida Qozog‘iston milliy valyutasi tenge, jiddiy darajada arzonlashmoqda. Bir AQSH dollari rasmiy birja kursining 545 tengedan oshib ketishi iqtisodiy mutaxassislarni tashvishga soldi.
Moliyaviy ekspertlar bu holatni hukumat tomonidan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida budjet xarajatlarining keskin oshishi bilan izohlamoqda.
Ayni paytda, mamlakatdagi biznes korxonalar modernizatsiya uchun chet eldan asbob-uskuna va texnologiyalarni ommaviy xarid qilayotgani natijasida valyutaga talab ortayotgani qayd etilmoqda.
Qozog‘iston Markaziy banki raisi Timur Suleymanov ta’kidlashicha, tengening qadrsizlanishiga neft narxlari va tashqi savdo sheriklarining valyutalaridagi o‘zgarishlar kabi fundamental omillar bilan bir qatorda, aholi, biznes va davlat tomonidan dollarga talab keskin oshgani hamda ayrim spekulyativ harakatlar ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Markaziy bank hozircha valyuta bozoridagi holatni "nazorat ostida" deb baholamoqda, ammo bu dinamika aholi orasida dollarizatsiya jarayoni kuchayishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.