Toshkentda bugun kun davomida ayrim paytlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Bugun havo harorati 21–23 darajagacha iliydi.
Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida ham biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayishi kutilmogda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Kunduzgi harorat 20–25 darajagacha, janubiy hududlarda esa 26–28 darajagacha iliydi.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li joylarda esa yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor) kuzatiladi.
Shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.






