AsosiyBu qiziq

Oʻzbekistonda dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo kutilmoqda

Bu haqida Oʻzgidromet tomonidan eʼlon qilingan prognozda maʼlum qilindi.

'Oʻzbekistonda dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo kutilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 18–19 aprel kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. 

Unga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda esa momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 20–25 daraja atrofida, janubiy hududlarda esa 26–28 darajagacha etadi.

Poytaxt Toshkent shahrida ham dam olish kunlari davomida ayrim paytlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shanba kuni havo harorati 19–21 daraja, yakshanba kuni esa 21–23 daraja atrofida bo‘ladi.

Avvalroq O‘zgidromet 18–23 aprel kunlari kutilyan yomg‘irlar sababli respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

    Boshqa yangiliklar