AsosiyDunyo

Rossiyada harbiy zavoddagi portlashda 20 kishi halok bo‘ldi

Bu oxirgi 4 yil ichida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan ikkinchi yirik portlash hisoblanadi.

'Rossiyada harbiy zavoddagi portlashda 20 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Rossiyada "Elastik" porox zavodida portlash yuz berdi, natijada 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RBK ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, portlash 15 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida bino to‘liq vayron bo‘lgan.

Yong‘in keyinchalik trotil saqlanadigan omborga hamda 152 millimetr kalibrli o‘q-dorilar ishlab chiqaradigan ikkinchi sexga ham o‘tgan. Umumiy hisobda tort bino butunlay vayron bo‘lgan.

Portlash sababi hozircha noma’lum. Voqea bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining 217-moddasi 3-qismi (xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi talablarini buzish oqibatida odamlar halok bo‘lishiga sabab bo‘lish) bo‘yicha jinoyat ishi ko‘zgatilgan.

Halok bo‘lganlardan tashqari, 154 kishi jarohat olgan, ulardan 31 nafar bemor Ryazan va Moskva shifoxonalarida davolanmoqda.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, vayron bo‘lgan 3000 kvadrat metr maydonning yarmi tozalangan. Itlar yordamida barcha binolarda tirik qolganlarni izlash ishlari olib borilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Украина Венгрияга ҳам уруш олиб келяптими?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:49

    Украина Венгрияга ҳам уруш олиб келяптими?

    Rossiya neftini Vengriyaga yetkazib berish toʻxtadi.

    'Trump: “Muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tsa, Zelenskiy va Putin bilan uchrashamiz”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:43

    Trump: “Muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tsa, Zelenskiy va Putin bilan uchrashamiz”

    Trumpning soʻzlariga koʻra, Putin urushni tugatishni xohlaydi.

    'TikTok’dagi "Delulu" ham endi rasmiy so‘zmi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:39

    TikTok’dagi "Delulu" ham endi rasmiy so‘zmi?

    Cambridge lug‘ati bu yil 6 mingdan ortiq yangi so‘z bilan boyidi. Ular orasida TikTok’da mashhur bo‘lgan atamalar ham bor.

    'Yevropa Rossiyadan gaz sotib olishni kamaytirmayapti'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:36

    Yevropa Rossiyadan gaz sotib olishni kamaytirmayapti

    Yevropa Ittifoqi 2025 yilning dastlabki olti oyida Rossiyadan 4,48 milliard yevrolik suyultirilgan tabiiy gaz (SPG) xarid qilgan.

    'Rossiyadagi harbiy zavod portlashida halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:33

    Rossiyadagi harbiy zavod portlashida halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

    "Ryazan yaqinidagi “Elastik” zavodida ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 24 nafarga etdi."

    'BMT vakili HAMASni oqladi'ning rasmi

    Dunyo 18.08.2025 18:12

    BMT vakili HAMASni oqladi

    Falastin bo‘yicha BMT maxsus vakilining fikricha, HAMASni noto‘g‘ri talqin qilish — xalq irodasiga va haqiqiy vaziyatga ko‘z yumishdir.